15:58 / 05.06.2015
1751

«Arsenal» Iguain uchun 40 million yevro taklif qilmoqda

"Arsenal” klubi “Napoli” hujumchisi Gonsalo Iguainni qo‘lga kiritish uchun muzokara olib bormoqda. Ushbu futbolchi bilan “MYu” va “Atletiko” klublari ham qiziqishmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, londonliklar 27 yoshli argentinalik futbolchi uchun 40 million yevro taklif qilishgan. Ammo “Napoli” Iguain uchun 50 million yevro talab qilmoqda.

“Arsenal” futbolchining o‘ziga yiliga 6 million yevro maosh bermoqchi.

Qayd etish joizki, "kanonirlar" Iguainni 2 yil oldin "Real"dan sotib olishga ham harakat qilib ko‘rishgandi.

Top