08:46 / 05.06.2015
2953

"Dinamo" muxlislari Ukraina Kubogi finalidan keyin maydonga tushib kelib, darvozani sindirishdi

Kiyevning "Dinamo" jamoasi muxlislari Ukraina Kubogi finalida "Shaxtyor"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yin davomida, g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasi amalga oshirilayotgan vaqtda sektorlardagi o‘rinlaridan maydonga tushib kelishdi.

Bu vaqtda hisob 3:3 bo‘lib turgan. Biroz keyinroq muxlislar tribunalarga qaytarilgan va penaltilar seriyasi davom ettirilgan.

Penaltilar seriyasi yakunlanib, "Dinamo" 5:4 hisobidagi natija orqali g‘alaba qozongach, muxlislar yana maydonga tushib kelishgan va g‘alabani nishonlash paytida darvozalardan birini sindirib tashlashgan.

"Olimpiyskiy" o‘yingohidagi bu o‘yinni UYeFA vitse-prezidenti Aleksandr Surkis, Ukraina futboli faxriylari Aleksandr Shovkovskiy hamda Oleg Gusev ham tomosha qilayotgan bo‘lgan va aynan ular olomondan maydonni tark etishni iltimos qilishganidan keyin vaziyat barqarorlashgan. Shundan so‘nggina taqdirlash marosimi o‘tkazilgan.

Bungacha esa 15 daqiqa davomida maydonda tartibsiz holat davom etgan.

Top