07:29 / 05.06.2015
2717

Estoniya AQShga o‘z davlat harbiy obektlariga kirish uchun ruxsat berdi

Estoniya hukumati AQSh bilan ularga mamlakatdagi davlat harbiy obektlariga kirishga ruxsat beruvchi kelishuvni ma'qulladi. Bu haqda Postimees nashri xabar bermoqda.

Kelishuvda, xususan, Emaridagi aviabaza, Tapa shahri va markaziy poligon AQSh harbiylari o‘zlari uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani barpo eta olishlari mumkin bo‘lgan hududlar sifatida keltirilgan.

“Ittifoqchilarimiz bizning xavfsizlikka o‘zining hissasini qo‘shishga va investitsiya kiritishga tayyor. Estoniya yaxshi xo‘jayin sifatida o‘z tomonidan maqbul ish sharoitlari taklif qilmoqda, fevralda hukumat harbiy bazalarni yangilash uchun 5 yil davomida 40 mln yevro ajratilishini ma'qulladi”, deb aytdi Estoniya Mudofaa vaziri Sven Mikser.

Loyihalarning qurilishi hamda hujjatlarning rasmiylashtirilishi va ruxsat olish ishlari uchun Estoniya Mudofaa vazirligi javob beradi.

Top