19:39 / 05.06.2015
2086

Facebook kuchsiz smartfonlarga mo‘ljallangan tarmoq ilovasini taqdim etdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘z ilovasining kuchsiz hamda internet tezligi sekin smartfonlarda ishlatishga mo‘ljallangan Lite versiyasini taqdim etdi.

Ilovaning hajmi 1 MBdan kichik bo‘lib, u orqali yangiliklar lentasini va yangi chop etilgan maqom hamda suratlarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. Facebook Lite Android smartfoni foydalanuvchilari ko‘chirib olishlari mumkin.

Hozirda tarmoqning yangi ilovasini Osiyo mamlakatlari foydalanuvchilari ko‘chirib olishlari mumkin. Yaqin kunlarda Lotin Amerikasi, Afrika va Yevropa foydalanuvchilari uchun ham ilovani ko‘chirib olish imkoniyati yaratiladi. 

Top