08:04 / 05.06.2015
2315

Jastin Biber yo‘l-transport hodisasining yuz berishida aybdor ekanligini tan oldi

Kanadalik qo‘shiqchi Jastin Biber avtomobilni ehtiyotsizlik bilan boshqarishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sababchisi bo‘lgani va YTHning boshqa ishtirokchilariga hujum qilganini tan oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi qo‘shiqchining advokati Brayan Grispenga iqtibos keltirgan xabar bermoqda.

Ushbu noxush voqea 2014 yilning avgust oyida Biberning Ontario provinsiyasidagi Stetford shahriga pop-qo‘shiqchi Selena Gomes hamrohligidagi safari paytida ro‘y bergan. Biberning avtomobili kechki payt yo‘lda miniven va kvadrasikl bilan to‘qnashib ketgan, so‘ngra YTH ishtirokchilari orasida janjal chiqqan.

Biber o‘z aybini tan olgandan keyin sud undan barcha ayblovlarni olib tashladi. Biber avtomobilni ehtiyotsizlik bilan boshqargani uchun 600 AQSh dollari miqdorida jarima to‘laydi hamda to‘qnashuvda jabr olganlarga 80 AQSh dollaridan tovon puli to‘laydigan bo‘ldi.

Aprel oyida Argentina sudi Biberni 2013 yilda Buenos-Ayresda Diyego Pesoa ismli fotosuratchini do‘pposlagani yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha so‘roqqa kelmagani uchun hisbga olishga ruxsat bergan edi. Mushtlashuvda ishtirok etgan Biber va uning tansoqchisi agar yana Argentina hududida paydo bo‘ladigan bo‘lishsa, hibsga olinadi.

Shuningdek, 2014 yilning iyulida Biber Ispaniyaning Ibitsa orolidagi restoranlardan birida aktyor Orlando Blum bilan yoqalashib ketgan edi.

Top