Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev javob sanksiyalari Rossiya o‘zini o‘zi boqa olishga qodir ekanligini ko‘rsatdi, deb ta'kidlamoqda.
”Maxsus iqtisodiy choralar kiritilgan vaqtdan keyingi 10 oy Rossiya o‘zini-o‘zi boqa olishini isbotladi”, deb aytdi bosh vazir. Medvedev Rossiya sanksiyalardan qat'iy nazar oziq-ovqat sohasida boshlagan siyosatini amalga oshirishni davom ettirishi va agrar sektorini qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlab o‘tdi.
Medvedevning fikricha, bu holat bilan Rossiya qatta miqdorda oziq-ovqat import qilishga majbur bo‘ladi deb o‘ylaganlar ham rozi bo‘lishga majbur bo‘lmoqdalar.
Avvalroq Lavrov Rossiya Yevropa Ittifoqi bilan sanksiyalarning bekor qilinishini muhokama qilmasligini aytgan.