12:20 / 05.06.2015
2983

Navoiyda qariyb 450 chorva mollarini o‘zlashtirgan cho‘pon jazolandi

Navoiyning Tomdi tumanidagi “Janga sharua” shirkat xo‘jaligida ishlagan cho‘pon Talg‘at Ashurbekov katta miqdorda moddiy zarar yetkazishda ayblanmoqda. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, u 443 bosh mayda va yirik shoxli chorva mollarini o‘zlashtirgan, chorva mollarining butligi yuzasidan tuziladigan dalolatnomalarga soxta yozuvlar kiritgan. Buning natijasida shirkat xo‘jaligiga jami 57 mln 610 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.
Ta'kidlanishicha, yetkazilgan zarar sudlanuvchidan to‘liq undirib olingan.

Top