09:16 / 05.06.2015
3212

Obama maxfiy ravishda milliy xavfsizlik agentligining internet-josuslik bo‘yicha vakolatini kengaytirgani aniqlandi

AQSh prezidenti Barak Obama ommaviy muhokamasiz milliy xavfsizlik agentligining mamlakat xavfsizligiga tahdid solayotgan xorijiy xakerlar faoliyati dalillarini topish maqsadida internet-nazorat bo‘yicha vakolatini kengaytirgani aytilmoqda. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar bermoqda.

2012 yil o‘rtalarida tegishli maxfiy topshiriqlar adliya vaziriga yuborilgan edi. Bu Edvard Snouden tomonidan taqdim etilgan materiallardan aniqlandi.

Shu hafta senat “Vatanparvarlik akti” doirasida maxfiy xizmatga taqdim etilgan vakolatlarni chekladi, ammo bu cheklovlar telefon suhbatlari va internet-trafik bo‘yicha vakolatlarni chetlab o‘tdi.

Top