17:42 / 05.06.2015
11451

O‘zbekistonda gandbol sport turiga oid elektron o‘quv qo‘llanma yaratildi

Urganch davlat universiteti xodimlari tomonidan yaratilgan ushbu elektron o‘quv qo‘llanmada Olimpiya o‘yinlari tarkibidan o‘rin olgan gandbol sport turi haqida ma'lumot beriladi.

Xususan, Gandbol o‘yinining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, o‘yin qoidalari, hakamlik jyestlari, glossariy, harakatlarni bajarishning umumiy tavsifnomasi, maydon o‘lchamlari, 100 dan ortiq o‘rgatuvchi videolar, rasm va sxemalar, testdan o‘tish va boshqa ko‘plab qimmatli ma'lumotlar mavjud.
Dasturning funksional imkoniyatlari - kerakli bo‘lim, material va mavzuga tez o‘tish, soniyaning bir qismida o‘rganilayotgan matnning ko‘plab varaqalarini ochish; multimedia imkoniyatini qo‘llash, o‘rganilayotgan mavzuni ancha qiziqarli, tushunarli qilish imkonini beradi; o‘rganuvchiga mustaqil ishlarni amalga oshirish imkonini beradi (og‘zaki, so‘rovlar, test va xokazolar); qo‘llanmada videomateriallari dinamik sur'at bilan qurollantirilgani o‘rganuvchiga o‘rganilayotgan hodisani turli tomondan tajriba qilish, ko‘rish imkonini beradi.

Ushbu elektron o‘quv qo‘llanma oliy ta'lim muassasalari, olimpiya zahiralari kolleji va pedagogika va sport kollejlari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘qituvchi-murabbiylar, talabalar va barcha sportga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
Mualliflar - A.K.Sharipov, A.H.Bo‘tabayev, J.Sh.Jammatov, N.M.Ro‘zmetov va M.M.Baltayeva ushbu dastur uchun № DGU 03115 raqamli guvohnoma berildi, deb xabar beradi Intellektual mulk agentligining axborot xizmati.


Top