17:46 / 05.06.2015
2654

Poroshenko rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslar uchun kiritilgan sanksiyalar ro‘yxatini tayyorladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat hukumatiga rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslar uchun kiritilgan sanksiyalar ro‘yxatini taqdim etdi. «RIA Novosti» nashri bergan ma'lumotlarga ko‘ra, tez orada bu sanksiyalar kuchga kiradi.

«Men tomonimdan berilgan bu ko‘rsatma tez orada kuchga kiritiladi va Xavfsizlik Kengashiga Rossiyaga nisbatan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa cheklov choralari uchun taqdim qilinadi. Bu ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga nisbatan amalda bo‘ladi», deya gapirib o‘tdi Ukraina prezidenti Parlamentda tashkil etilgan matbuot anjumanida.

Top