15:05 / 05.06.2015
1911

Qirg‘izistonda YeTTR kreditlari hisobiga yangi avtobus va trolleybuslar keltiriladi

Qirg‘izistonda jamoat transporti infrastrukturasi rivojlantirish maqsadida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 8.8 mln yevro ajratadi. Qirg‘iziston telegraf agentligining moliya vaziri o‘rinbosari Mirlan Boyg‘onchoqovga tayanib yozishicha, bu pullar hisobiga birinchi navbatda O‘sh shahri uchun yangi avtobus va trolleybuslar sotib olinadi.

Ajratilayotgan mablag‘larning 5.7 mln yevrosi kredit tarzida beriladi, 1.3 mln grant hisoblanadi. Kredit 12 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, shulardan 2 yili imtiyozli davr hisoblanadi.
Trolleybuslar sotib olishga 3.1, avtobuslarga 2.7 mln, elektron tizimni rivojlantirish va depolarni tiklashga 2.3 mln, chipta sotishning avtomatik tizimini joriy qilish uchun 600 ming yevro sarflanadi.

Hukumat 20 dona trolleybus va 24 dona avtobus sotib olishni rejalashtirmoqda.
Ayni kunlarda O‘sh shahrida 40ta avtobus va 17 trolleybus ishlab turibdi. Bundan tashqari, 57 yo‘nalishda 1 200 mikroavtobus qatnaydi.

Top