15:58 / 05.06.2015
2668

Toshkentda naqd pulga temir-beton mahsulotlarini sotgan MChJ rahbari sudlandi

Toshkent shahrida naqd pulga savdo qilgan MChJ rahbari Davron Sadirov sudlandi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Keltirilishicha, Sadirov Uzdial nomli MChJ tashkil qilib, temir-beton mahsulotlari ishlab chiqara boshlagan. U boshqa bir MChJ bilan 60 mln so‘mlik mahsulot yetkazib berish bo‘yicha soxta shartnoma tuzgan. Amalda esa mahsulotni shartnoma asosida emas, naqd pulga sotib yuborgan.
So‘ng Sadirov ombor mudiri Serik Tangirov bilan til biriktirib, jamiyat tomonidan ishlab chiqarilgan 21 turdagi 208 mln 750 ming so‘mlik temir-beton mahsulotlarini og‘zaki kelishuv asosida naqd pulga sotib yuborgan. Nihoyat, ishlab chiqarish sexi boshlig‘i Sulton Qorayev bilan til biriktirib, 36 turdagi 12 mln 354 ming so‘mlik armaturani naqd pulga sotib yuborgan.
Mirobod tuman sudi bu uch holatni ko‘rib chiqish, Davron Sadirovga tegishli jazo belgilagan.

Top