"Barselona” klubi yarim himoyachisi Xavi jamoadoshi Neymar borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Neymar – ajoyib inson. Garchi Braziliya terma jamoasining yetakchisi bo‘lishiga qaramay, u juda ham kamtarin yigit. Maydon tashqarisida u jamoadoshlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
U juda ham mahoratli futbolchi. Messi faoliyatini yakunlasa, dunyoning eng zo‘ri Neymar bo‘ladi. U jamoada katta vazifani bajaradi. 21-22 yoshda bunday darajaga erishish juda qiyin. Neymarning oltin davri oldinda ekaniga ishonchim komil”, - deydi Xavi.