09:52 / 05.06.2015
2599

Xitoyda suv ostiga g‘arq bo‘lgan kema chiqarib olindi

Xitoyning Xubey viloyatida Yantszi daryosi ostiga cho‘kkan “Sharq yulduzi” sayyohat kemasi suv ostidan chiqarib olindi. Bu haqda CCTV telekanali tvitterdagi sahifasi orqali xabar berdi.

Ayni paytda 14 kishi qutqarilgani ma'lum. Halok bo‘lganlar soni 97 nafarga yetdi. Bortda bo‘lgan 456 kishining aksar qismining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.

Tirik qolganlarning guvohlik berishicha, kema 30-60 sekundda suv ostiga g‘arq bo‘lgan.
Shuningdek, politsiya kemaning kapitani va bosh muhandisini qo‘lga olgani ma'lum qilindi.

Top