14:53 / 06.06.2015
1969

Allegri finalda "Barselona" hujumchilarini qanday qurolsizlantirish haqida o‘ylayapti

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Chempionlar ligasi finalida "Barselona"ga qarshi kechadigan o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Messi, Neymar, Suares... Yarim finalga chiqqanimizdan beri ushbu uchlikni qanday to‘xtatish haqida o‘ylayapmiz. Ertaga hamma yuz foiz kuch bilan o‘ynaydi. Final bittagina o‘yindan iborat va keyin o‘ch olish imkoni bo‘lmaydi.

YeChLni kim yutsa, o‘sha jamoa trebl qayd etgan bo‘ladi. Umid qilamanki, o‘sha jamoa "Yuventus" bo‘ladi. Biz jismonan va ruhan o‘yinga ideal tayyorgarlik ko‘rdik. Bizga qarshi yuqori individual mahoratga ega futbolchilari bor jamoa maydonga tushadi. Shu bilan birga «Barselona» jamoa sifatida ham juda kuchli. 

Shunga qaramasdan barcha jamoada bo‘lgani singari, kataloniyaliklarning ham kuchsiz tomonlari bor. Messini to‘xtatish mumkinmi? Umid qilamanki, ertaga buni uddalay olamiz. Biz shuning uchun ham bu yerga keldik", - deydi murabbiy.

Top