18:42 / 06.06.2015
2740

Astraxanda 6 yoshli bolani o‘g‘irlab ketgan o‘zbekistonlik fuqarolar 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi

So‘fi Polvonov va Sherali Yusupov ismli ikki nafar o‘zbekistonlik 2014 yil sentabr oyida Astraxan shahridagi Krasnoyarsk tumanining Vatajnoye qishlog‘i yaqinida joylashgan “Putnik” qahvaxonasi yonida 6 yoshli bolani mashinaga o‘tkazib o‘g‘irlab ketishgan. Erkaklar bolani Astraxanning Trusov tumanidagi ishlab chiqarish binosiga olib kelishgan. Ular bolaning ota-onasidan bolaning ozod etilishi uchun 1 mln rubl so‘rashni rejalashtirishgan.
Tergov muassasalari tomonidan yig‘ilgan isbotlar sud tomonidan hukm chiqarish uchun yetarli deb topildi. Krasnoyarsk tuman sudi ikki nafar o‘zbekka Rossiya Jinoyat kodeksining “Balog‘atga yetmaganlarni guruh tarzida g‘arazli niyatda til biriktirgan holda o‘g‘irlash” moddasi bo‘yicha qat'iy tartibdagi koloniyada jazoni o‘tash orqali 7 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini chiqardi.

Top