07:16 / 06.06.2015
2729

Donetskning "Metallurg" klubi o‘z mavjudligini yo‘qotdi

Donetskning "Metallurg" jamoasi endilikda huquqiy jihatdan mavjud emas. Bu haqda Ukrainadagi "Vesti" portali mamlakat Futbol federatsiyasi prezidenti Andrey Pavelkoga asoslangan holda xabar bergan.
 
Xabar qilinishicha, endi bu jamoa Dneprodzerjinskning "Stalyu" jamoasi bilan birlashtirib yuboriladi.
 
Qayd etilishicha, bu ikki jamoa ham donetsklik oligarx Sergey Taretu hamda uning sherigi Oleg Mkrtchanga tegishli hisoblanadi. Bu ikki 2 jamoa birlashuvidan hosil bo‘ladigan "Stal" jamoasi keyingi mavsumda Ukraina premer-ligasida ishtirok etadi.
 
Top