12:20 / 06.06.2015
1950

Farg‘ona viloyatida 159 nafar urush faxriysiga televizor sovg‘a qilingan

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Keksalarni e'zozlash yili deb e'lon qilingan joriy yilda el-yurt manfaati uchun mehnat qilgan nuroniylarning turmushini yanada farovon etish amallari yanada kengaydi. Farg‘ona viloyatida ham “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda

Farg‘ona viloyatida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 467 nafar 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali hamda pul mukofotlari topshirilgan. 159 nafar urush faxriysi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan televizorlar bilan bepul ta'minlangan.

97 mahalla fuqarolar yig‘inida otalar choyxonasi, shaxmat-shashka klubi tashkil etildi. “Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin” shiori ostida keksa yoshdagi 206 mehnat faxriysining Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva, Andijon, Qo‘qon shaharlariga sayohati uyushtirildi. Shu kunlarda joylarda “Asr bilan yuzma-yuz”, “Keksalar duosini olaylik” kabi aksiyalar o‘tkazilmoqda.

"Hamkor tashkilotlar bilan birga tumandagi 18 nafar Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisiga 1 million 100 ming so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatildi. Ijtimoiy himoyaning manzilli va ochiqligini ta'minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faollik ko‘rsatayotir. “Mahalla” fondi tuman bo‘limi sa'y-harakati bilan hududda istiqomat qilayotgan 65 nafar keksaning uy-joyi ta'mirlandi", – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Rishton tuman bo‘limi raisi Saminjon Niyozov.

Bundan tashqari, 50 nafar yolg‘iz va yordamga muhtoj keksalarga uy-ro‘zg‘or buyumlari va sovg‘alar berildi. “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Keksalar zavqi” sport musobaqasi tashkil etildi. 

Top