15:11 / 06.06.2015
1646

Luis Enrike: Finalda o‘z o‘yinimizni namoyish etamiz

"Barselona" jamoasining bosh murabbiyi Luis Enrike YeChL finali arafasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Jamoamiz o‘zining nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ydi. Biz mavsumda hozirgacha 2ta sovrin yutib bo‘ldik, uchinchisini ham o‘zimizniki qilishga yaqin turibmiz. Finalda maydon markazida ham, hujumda ham, himoyada ham to‘pga egalik qilishimiz kerak. O‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, raqibga imkon bermasligimiz kerak.

O‘ylaymanki, o‘yinda to‘pga egalik qilish bo‘yicha katta ustunlik ko‘rsatamiz. Biz kuchni teng taqsimlasak, og‘ir o‘tishi kutilayotgan ushbu o‘yinda g‘alaba qilamiz.

"Yuventus"ning o‘yin uslubi ham biznikiga yaqinroq turadi. Ular ham to‘p nazoratiga e'tibor qaratadigan jamoa hisoblanadi. Ular himoyada ancha ishonchli o‘ynashlari bilan ham ajralib turadi. Ikki jamoa ham trebl uchun kurash olib boradi.

Ular butun o‘yin davomida pressing uyushtirishlarini kutayapman", deb o‘z fikrlarini bildiradi Enrike.

Top