16:37 / 06.06.2015
1838

Neymar YeChL finalida o‘ynashni bolaligidan buyon orzu qilganini aytdi

"Barselona" hujumchisi Neymar YeChL finalida "Yuventus"ga qarshi uchrashuv oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men ko‘p finallarda o‘ynaganman, ammo bunisi - hozircha eng muhimi. Bu hayotimdagi eng muhim o‘yin, shuning uchun bor mahoratimni ishga solishga harakat qilaman. Bu mening bolalik orzuim va umid qilamanki, o‘yindan zavq olaman.

Men buni olti yoshimdan buyon kutaman. Nihoyat bu kun keldi va jamoadoshlarim bilan birgalikda chempionlar ligasida g‘alaba qozonamiz.

Messi va Suares - juda katta mahortaga ega, qoyilmaqom o‘yinchilar. Asosiysi - biz maydonda ham, uning tashqarisida ham do‘stmiz. Bu juda yordam beradi. Bu mavsumni ajoyib ravishda yakunlab, stadionni baxtiyor tark etamiz deb umid qilaman. Bu mavsumda juda ko‘p ish bajardik. G‘alaba qozonishimizga to‘liq ishonaman", - deydi Neymar.

Top