17:51 / 06.06.2015
3766

Ozodbek Nazarbekovning Zarafshondagi konserti "Umid nihollari-2015" musobaqasi tufayli qoldirilgan

Darakchi gazetasi tahririyatiga O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozod Nazarbekovning Navoiy viloyati, Zarafshon shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan konserti qoldirilganiga izoh so‘ralgan xat kelib tushdi.

Zohida Akbarova ism-sharifli bu muxlisning savoliga xonandaning o‘zi javob bergan.

"Samarqand, Navoiy va Zarafshon shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsert kunlari o‘zgargani rost. Hozirda respublikamiz bo‘ylab "Umid nihollari-2015" musobaqasi o‘tkazilmoqda. Dastur aynan shu kunlarga to‘g‘ri kelib qolgani uchun konsert kunlari o‘zgardi. Mazkur tadbirlar yakunlangach, Samarqand, Navoiy va Zarafshondagi konsert albatta bo‘lib o‘tadi. Kontsert sanasi "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi bilan kelishilgan holda boshqa kunlarga ko‘chirildi", deb ma'lum qiladi Ozodbek Nazarbekov.

Top