06:24 / 06.06.2015
4379

Pugachyovning nabirasi ustiga dekoratsiya qulashi arafasida olingan selfisini instagramiga joylashtirdi

Alla Pugachyovaning nabirasi, Vladimir Presnyakov hamda Kristina Orbakaytening o‘g‘li bo‘lmish Nikita Presnyakov Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan "Muz-TV" mukofotining ochilish marosimida ustiga metall konstruksiya qulayotgan vaqtda selfi olayotgan bo‘lgan.

U bu suratni o‘z instagramiga joylashtirdi.

"Biz baribir selfi olishga ulgurdik. Fonda o‘sha dekoratsiya konstruksiyalari. Men bilan hammasi joyida. Qandaydir mo‘'jiza tufayli jarohatlanmadim. "Muz-TV" tashkilotchilariga esa xavfsizlik uchun "alohida rahmat", deb yozadi u surat ostiga.

Alla Pugachyovaning nabirasi Nikita Presnyakov Ostonada bo‘lib o‘tgan “Muz-TV” mukofotining ochilish marosimida qizil yo‘lkada turgan vaqtida ustiga metall konstruksiya tushib ketishi oqibatida miya chayqalishiga gumon qilinib shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.

Top