22:57 / 06.06.2015
1874

Serena Uilyams uchinchi bor “Rolan Garros” musobaqasini yutdi

Serena Uilyams o‘z faoliyatida uchinchi marta Fransiyada o‘tadigan “Rolan Garros” musobaqasini yutishga muvaffaq bo‘ldi. AQShlik tennischi musobaqa finalida chexiyalik Lyusi Shafarjovani uch set bo‘yicha yutdi. Ikki soat davom etgan uchrashuv 6:3, 6:7, 6:2 hisobi bilan yakunlandi

Uilyams uchun bu g‘alaba uning ”Katta dubulg‘a” musobaqalaridagi 20-g‘alabasi bo‘ldi. Bu borada eng ko‘p yutuqqa germaniyalik sobiq tennischi Shteffi Graf (22 ta g‘alaba) ega.

Top