12:37 / 06.06.2015
2271

Toshkentdagi "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari Samarqandga ekskursiya uyushtirishdi

Toshkentdagi "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari Samarqandga olib borildi va shahar bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi.
 
"Vatan tarixi" nomli ushbu tadbir doirasida bolalar tarixiy obidalar bilan tanishishgan va shahardagi zamonaviy istirohat joylarida hordiq chiqarishgan.
 
Ushbu safar "Sog‘lom avlod uchun" jamg‘armasi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DAK hamda O‘zbekiston xalq ta'limi vazirligi homiyligida amalga oshirilgan.
 
Top