08:07 / 06.06.2015
2496

Xiaomi “aqlli” qurilmalar sotish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallamoqda

Xiaomi kompaniyasi 2015 yilning 1-choragida “aqlli” qurilmalar sotish bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egalladi, deb xabar aytilmoqda IDC hisobotida.

2015 yilning dastlabki uch oyida Xiaomi`ning “aqlli” qurilmalari ulushi 24,6 foizga yetdi. Hozirda bu borada Fitbit kompaniyasi 34,2 foiz ulush bilan yetakchilik qilmoqda, biroq ekspertlarning prognoziga ko‘ra, Xiaomi yaqin istiqbolda yetakchilikni qo‘lga oladi.

Xiaomi`ning “aqlli” qurilmalar segmentida Xiaomi MiBand smart-soatlari eng ommaviylashgan qurilma bo‘lmoqda. Uning narxi raqobatchilarnikiga nisbatan ancha pastroq bo‘lib, bor-yo‘g‘i 13 dollarni tashkil qiladi.

Top