14:52 / 07.06.2015
2090

“Real” De Xeaning transferini tezlatish uchun Benzemani “MYu”ga 55 mln yevro evaziga sotishga tayyor

Madridning “Real” klubi “Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xeaga qiziqish bildirishda davom etmoqda.

“Real” 24 yoshli darvozabonning jamoaga o‘tishini tezlatish uchun mankunianlarga ular tomonidanqiziqish mavjud bo‘lgan o‘z hujumchisi Karim Benzemani sotishga tayyor turibdi, deb xabar bermoqda AS nashri.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli fransuz 55 mln yevroga baholanmoqda.

Keyingi yilda erkin agent bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan De Xea “MYu” murabbiylar tarkibi bilan xayrlashib bo‘ldi va o‘zining agenti Jorjye Mendesh orqali ingliz klubi rahbariyatiga “Real”ga o‘tishi istagini bildirdi. Biroq De Xea bir yildan keyin tekinga ketish huquqiga ega bo‘lsada, “MYu” madridliklarga o‘z darvozabonini sotishdan bosh tortmoqda.

Qayd etilishicha, agar bitim tuziladigan bo‘lsa, “Real” De Xea uchun 30 mln yevro va uning yangi klubdagi yaxshi ishtiroki uchun qo‘shimcha bonuslar to‘laydi.

Top