21:30 / 07.06.2015
4963

Amazon "IShID"ning Dabiq jurnalini sotishni to‘xtatdi

Amerikaliklarning Amazon kompaniyasi o‘z internet magazinlari orqali "IShID" tomonidan chiqariladigan Dabiq jurnalini sotishni to‘xtatdi. Bu haqda "Al-Arabiya" telekanali xabar bergan.

Biroz oldinroq kompaniyaning internet do‘konlarida bosh sahifasida Vatikan ustiga qora bayroq o‘rnatilgani hamda xristian-yazidlarning ayollari va bolalarini qullikka solishga da'vat etilgan yozuvlar chop etilgan jurnalning navbatdagi soni paydo bo‘lgandi.

Ayni vaqtda bu jurnal internet magazinlardan olib tashlangan.

Bungacha terrorchilarning turli diniy ma'ruzalari chop etilgan oylik jurnallari doimiy ravishda Amazon internet magazinlari orqali sotilgan va bunday jurnallarning har bir donasiga 10 dollardan 42 dollargacha bo‘lgan narxlar qo‘yilgandi.

Top