20:41 / 07.06.2015
1642

Benzemaning agenti Karim o‘z faoliyatini “Real”da yakunlashni istayotganini aytdi

“Real” hujumchisi Karim Benzemaning agenti Karim Jaziriy o‘yinchining boshqa klubga o‘tishi ehtimoliga izoh berib o‘tdi.

“Benzema o‘z shartnomasini oxirigacha yetkazishni va faoliyatini Madridda tugatishni istamoqda.
Men Londonda hech kim bilan – na “Manchester Yunayted” vakili va na boshqa odam bilan uchrashdim. Biz “Real”dan boshqa hech kim bilan muzokara olib bormayapmiz.

Karim Manchesterda nima qiladi? U Madridda o‘zini baxtiyor his qilmoqda. U klubni tark etishni istamayapti. U klubdan agar unga klubda ehtiyoj sezilmayotgani aytilsagina ketadi”, deydi Jaziriy.

Top