15:20 / 07.06.2015
1729

Ilkay Gyundogan “Barselona”ga o‘tish arafasida turibdi

Dortmundning “Borussiya” jamoasi va Germaniya terma jamoasining 24 yoshli o‘yinchisi Ilkay Gyundogan “Barselona”da Xavining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan o‘yinchi sifatida qaralmoqda va Kataloniya jamoasi bilan shaxsiy shartnomasining shartlarini kelishib oldi, deb xabar bermoqda Sport.es portali.

Avvalroq “Manchester Yunayted”, “Bavariya” va “Milan” qiziqish bildirgan Gyundogan “Barselona”da tibbiy ko‘rikdan o‘tgani ma'lum qilingandi.

Qayd etilishicha, transfer bozorida “Barselona”ning faollik ko‘rsatayotgani FIFA jamoaga yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni kiritgan taqiqlovi 2016 yilning yanvarida bekor qilinishi va 9 iyunda “Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu jamoaga rahbar saylash oldidan nizomda ko‘zda tutilganidek iste'foga ketishi kerakligi bilan izohlanmoqda.

Yaqinda “Barselona” “Sevilya” yarimhimoyachisi Aleish Vidal bilan 5 yillik shartnoma imzolagandi.

Top