10:57 / 07.06.2015
3911

Merkel xonimning instagramidan rus tilida yozilgan izohlar o‘chirildi

Germaniya kansleri Angela Merkelning instagramida rus tilida haqoratlovchi so‘zlar bilan yozilgan izohlar o‘chirib tashlandi. Bu haqda Frankfurter Allgemeinen Zeitung nashri xabar qilgan.

Xabarda yozilishicha, instagramda frau Merkelning akkaunti paydo bo‘lishi bilanoq bir necha soat davomida suratlar ostiga rus tilida yuzlab izohlar qoldirilgan va ularning aksari haqoratlovchi xarakterda bo‘lgan.

Tekshiruvlarda aniqlanishicha, bu ish bir odamning ko‘plab soxta akkauntlari vositasida amalga oshirilgan. Bunday kommentlar asosan Ukraina mavzusida bo‘lgan.

Hozircha bu "hujum"ni uyushtirgan internet-trollning kimligi aniqlanmagan.

Top