19:35 / 07.06.2015
1800

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lishdi

Singapurda o‘tkazilgan bolalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekiston vakillari sovrindor o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Surxondaryolik 7 yoshli shaxmatchi qiz Jo‘rayeva Muattar (2 karra Osiyo chempioni) blits yo‘nalishida kumush medalni, Toshkent viloyati vakili bo‘lmish 7 yoshli Rahmatullayev Akjol esa standart shaxmat bo‘yicha bronza medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 9 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar orasida blits yo‘nalishidagi musobaqada Rahmatullayev Almas bronza medalga ega bo‘lgan.

Top