17:41 / 07.06.2015
4705

Spilbergning "sovuq urush" davri haqidagi yangi filmi treyleri chiqarildi

Amerikalik rejissyor Stiven Spilbergning "sovuq urush" davri voqealari bo‘yicha ishlangan "Josuslar ko‘prigi" nomli filmi uchun treyler chiqarildi.

Bu filmda bosh rollarni Tom Xenks va Mark Reyls ijro etgan. Bu film shu yilning 16 oktabridan boshlab dunyo kinoteatrlarda namoyish eta boshlanishi kutilmoqda.

Kartina syujyeti hayotiy voqealarga asoslanadi. Filmda bruklinlik advokat Jyeyms Donovan (Tom Xenks) SSSR hukumati qo‘lida asirlikda bo‘lgan amerikalik uchuvchi Frensis Pauersni qutqarishga harakat qiladi. U uchuvchini qutqarish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar davomida uni sovetlar josusi sifatia AQShda qo‘lga olingan Rudolf Abelga almashtirish maqsadida harakat olib boradi.

Top