12:49 / 07.06.2015
1763

Venesuela prezidenti xastaligi tufayli Vatikanga safarini qoldirdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Vatikanga uyushtirilishi kerak bo‘lgan safarini bekor qildi. U 7 iyun kuni Rim papasi bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgandi. Bu haqda NTN24 telekanali xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Maduro virus yuqtirib olgan.

"Ahvolim Venesuelada qolishimni talab qildi", deb ma'lum qilgan prezident.

U Frantsisk birinchi bilan uchrashuvi chog‘ida o‘zining siyosiy qarorlari haqida gaplashishi kutilayotgandi.

Top