"Yuventus" klubi "MYu" hujumchisi Robin van Persini qo‘lga kiritish niyatini bildirgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, turinliklar 31 yoshli hujumchi uchun 5 million funt taklif qilmoqchi.
Ammo 1 yildan keyin jamoa bilan shartnomasi muddati yakunlanadigan van Persining o‘zi Manchester shahrida qolishni istamoqda. Avvalroq, gollandiyalik futbolchiga "Roma" va "Latsio" klublari ham qiziqishayotgani xabar qilingandi.