07:00 / 08.06.2015
1465

“Spartak” 8 iyunda Alenichevning klubga bosh murabbiy etib tayinlanishini e'lon qiladi

“Spartak” 8 iyunda Dmiytriy Alenichevning klubga bosh murabbiy etib tayinlanishini e'lon qiladi, deb xabar bermoqda “Sport-Ekspress” gazetasi.

Nashrning ta'kidlashicha, klub direktorlari kengashi 42 yoshli mutaxassisni tanlashga qaror qildi. Alenichevdan tashqari bu lavozimga Qurbon Berdiyev va Viktor Goncharenko ham da'vogarlik qilmoqda edi.

Alenichevning murabbiylar shtabiga Dmitriy Ananko va Yegor Titov ham kiradi.

Bundan tashqari, klubning direktorlar kengashi raisi Leonid Fedun o‘rniga Aleksandr Jirkov tayinlanadi.

Top