10:53 / 08.06.2015
2010

Abdulla Tangriyev Minskdagi xalqaro turnirda kumush medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik dzyudochilar Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda sovrindor bo‘lishdi.

European Open nomli bu turnirda 100 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdulla Tangriyev finalda germaniyalik Sven Xaynlega mag‘lub bo‘ldi va kumush medal bilan kifoyalandi.

Shuningdek, Bahrom Inoyatov (-60 kg) va G‘iyosjon Boboyev (-73 kg) bronza medallarga ega chiqishgan.

Top