16:28 / 08.06.2015
1705

Arsen Venger Ibrahimovich uchun "PSJ"ga 11 mln funt taklif qilmoqda

"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Zlatan Ibrahimovich atrofidagi voqealarni diqqat bilan kuzatmoqda. Parijni tark etishni istayotgan bu shvetsiyalik futbolchi Londonga kelishi mumkin. Bu haqda Italiyadagi Tuttomercatoweb nashrida xabar berilgan.

Xabarda yozilishicha, Ibrahimovich Fransiyadagi hayotidan va o‘ziga bo‘lgan munosabatdan norozi bo‘lib, yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etish haqida o‘ylamoqda. U bilan "Arsenal"dan tashqari "Milan", "Chelsi" va "Liverpul" jamoalari ham qiziqishmoqda.

Tuttomercatoweb nashrida aytilishicha, uning jamoadagi o‘rni qanchalik muhim bo‘lishiga qaramasdan, rahbariyat ham uni "Arsenal" taklif etayotgan 11 mln funt evaziga sotishi mumkin. Chunki, uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi muddati tugashiga 1 yil qolmoqda.

Top