18:28 / 08.06.2015
4437

Daftarlarda “yulduz”larning suratlari bo‘lmaydi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 146-raqamli 2015 yil 3 iyundagi qaroriga muvofiq poligrafik mahsulotlar xavfsizligi umumiy texnik reglamenti o‘rnatildi. Reglament e'lon qilinganidan 6 oy o‘tib kuchga kiradi.
Hujjat maktabgacha ta'lim muassasi, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'lim muassasalarida qo‘llanidagan poligrafiya mahsulotlari xavfsizligini tartibga soladi. U foydalanuvchilar xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, tabiatni asrash maqsadida ishlab chiqilgani aytilmoqda. Reglament yozishga mo‘ljallangan mahsulotlar (daftarlar, albomlar, kundaliklar va h.k.), o‘quv nashrlari (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va h.k.) va qo‘shimcha ta'li nashrlarini (badiiy, ilmiy-ommabop adabiyot, jurnallar, gazetalar va h.k.) qamrab oladi.
Bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qo‘llanadigan poligrafiya materiallari ularning xavfsizligini tasdiqlaydigan sanitariya-epidemiologiya xulosasiga ega bo‘lishi talab qilinadi. Mahsulot kimyoviy xavfsizlik talablariga javob berishi va zararli moddalar ajratmasligi shart.
Gazeta va jiloli qog‘ozlar ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Daftar ichidagi asosiy chiziqlarning ranglari binafsha, yashil, havo rang, kulrang, yon chiziqlar qizil bo‘lishi kerak. Ranglarning ortib ketishi taqiqlanadi. Barcha betlardagi gorizontal chiziqlar to‘g‘ri kelishi kerak. Shuningdek, uning varaqlarning kesilishi ham bir tekis bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, yozish uchun mo‘ljallangan poligrafiya mahsulotlari yuziga olimlar, mutafakkirlar, buyuk tarixiy shaxslar, shoirlarning suratlarini hamda ularning qisqacha tarjimai holini, to‘rtinchi sahifasiga esa ma'lumotnoma tarzidagi axborot, davlat ramzlari, grammatika qoidalari, Pifagor jadvali, muammoli vazifalar va shunga o‘xshash foydali ma'lumotlar joylashtirish mumkin.
Boshqa turdagi ma'lumotlarni daftarlar va albomlar ustiga joylashtirish taqiqlanadi.
Nashrlardagi tasvirlarning umumiy hajmi nashrning 30 foizidan kam bo‘lmagan maydonini egallashi mumkin. Shuningdek, daftar sahifalarining kamida 30 foizi vazifa va amallarni bajarishga mo‘ljallanishi kerak.

Top