20:06 / 08.06.2015
2670

Daniya sobiq giyohvandlarni Karib bo‘ylab bir yilga kruizga jo‘natmoqda

Daniya hukumati yoshlar orasida sobiq giyohvandlar va jinoyatchilarni Karib bo‘ylab bir yilga kruiz sayohatiga yuborib ularga ko‘mak bermoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda. Mahalliy kengashlar bunday reabilitatsion loyihalarga hozirning o‘zida 4 mln funt sterlingga yaqin pul sarflashdi.

Bunday sayohatlarni tashkil etish uchun Den Maritime Base kompaniyasi javob bermoqda. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, 59 nafar yosh jinoyatchi Den Maritime Base ning ikkita kemasida bir yil va undan ko‘proq vaqt o‘tkazishdi. Har bir yo‘lovchining bunday sayohati daniyalik soliq to‘lovchilarga 70 ming funt sterlingga aylanmoqda.

Dasturning ba'zi tashkilotchilarining aytishicha, Karib hududi ekzotik yo‘nalish bo‘lib tuyulishi mumkin, biroq shuni ta'kidlash kerakki, bu yerda gap ta'til haqida emas, balki tarbiyasi og‘ir yoshlarning o‘z vaqtlarini boshqa vaziyatda o‘tkazishga imkoniyatning yaratilishidadir.

Aytilishicha, bunday kruizning ishtirokchilaridan biri o‘z vataniga qaytgandan keyin, baribir eski qilig‘ini tashlamay, giyohvand moddalar sotishni boshlagan va ko‘chadagi bandalardan biriga qo‘shilib ketgan.

Top