17:28 / 08.06.2015
2086

Frau Merkel G7 sammiti doirasidagi navbatdagi yig‘ilishga golf-karga minib bordi

Germaniya kansleri Angela Merkel G7 sammiti doirasidagi navbatdagi yig‘ilishga golf-karda tashrif buyurdi. Bu haqda kanslerning Instagram’dagi sahifasida ma'lum qilingan.

Tadbir davomida dunyoning yetakchi yettita mamlakati rahbarlari butun dunyodagi global iqtisodiy muammolar va Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalarni muhokama qilishi ko‘zda tutilgan.

G7 sammiti 7-8 iyun kunlari Bavariyadagi Elmau qal'asida bo‘lib tishi oldindan belgilab qo‘yilgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, 2 mingdan ziyod odam Bavariyadagi G7 sammitiga qarshi bo‘lib shikoyat xati yozishgandi.

Top