08:15 / 08.06.2015
2028

Kurdlar partiyasi Turkiya bosh vaziri partiyasi bilan koalitsiya tuzmaydi

Kurdparast Demokratik xalqlar partiyasi yetakchisi Salohiddin Demirtosh Adolat va taraqqiyot partiyasi bilan koalitsiya tuzilish ehtimolini inkor qildi, deb xabar beradi Reuters agentligi.

“Biz ular bilan na tashqi, na ichki koalitsiya tuzmaymiz”, – ta'kidlab o‘tdi u.

Shuningdek, Demirtosh saylovlardan so‘ng Turkiyada boshqaruvning prezidentlik shakli yoki diktatura o‘rnatilishi borasidagi bahslarga yakun yasalganini ma'lum qildi.

Top