17:18 / 08.06.2015
6430

Nilufar Usmonova bolalar uchun ko‘ngilochar open air dasturini tashkil qildi

Xonanda Nilufar Usmonova bolalarni himoya qilish bayrami munosabati bilan bolalar uchun ko‘ngilochar open air dasturini tashkil qildi.

Art House do‘koni yoqinida tashkil etilgan mazkur tadbirda mehmonlar oldindan taklif qilinmagandi. Har bir yosh ochiq havodagi yashil hududda tashkil etilgan bu dasturda ixtiyoriy ravishda qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Dasturda ishtirok etganlar raqsga tushish, yosh rassomlardan o‘zlarining san'at asarlarini yaratish bo‘yicha master-klass olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Xonandaning o‘zi ham tadbirga o‘z farzandlari bilan tashrif buyurgan. Shuningdek tadbir davomida turli bolalar shirinliklar, jumladan pop-korn bodroqlari, paxtaqand bilan mehmon qilindi.

Top