23:19 / 08.06.2015
4377

Obama “Katta yettilik” Rossiyaga yangi sanksiyalar kiritishga tayyorligini ma'lum qildi

AQSh prezidenti Barak Obama “Katta yettilik” sammiti yakunlariga ko‘ra “Katta yettilik” davlatlari Rossiyaga yangi sanksiyalar kiritishga kelishib oldi, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

“Bizning yevropalik hamkorlarimiz Minsk kelishuvlari to‘liq bajarilmaguniga qadar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlashlarini tasdiqladi”, deb aytmoqda Obama.

Obama dunyo iqtisodiyoti hali o‘zining salohiyatini to‘liq amalga oshirmaganini va “kuchli dollar” xususida xavotirlanmaslikni maslahat berdi.

Top