12:50 / 08.06.2015
1960

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Singapurda o‘tgan Osiyo chempionatida 5ta medalni qo‘lga kiritishdi

Singapurda maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida qit'aning 14 davlatidan kelgan shaxmatchilar ishtirok etishdi.

Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar 2 ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida 6-o‘rinni band etishdi. 

Terma jamoamiz hisobiga oltin medallarni Muattar Jo‘rayeva (Surxondaryo) blits va standart shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda keltirdi. Toshkent viloyati vakili Akjol Raxmatullayev blitsda kumush va standart shaxmatda bronza medali bilan taqdirlangan bo‘lsa, Almas Raxmatullayev blitsda 3-o‘rinni egalladi.


Top