16:42 / 08.06.2015
1612

"Real" Leonardo Bonuchchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda

"Yuventus" jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Real" jamoasining qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bergan.

"Qirollik jamoasi" yangi mavsum arafasida o‘zining himoya chizig‘ini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda va jamoaning yangi bosh murabbiyi Rafael Benites birinchi navbatda 28 yoshli himoyachi Bonuchchini Madridga olib kelishni rejalashtirgan.

Xabarda aytilishicha, yaqin vaqtlar ichida madridliklar vakili ushbu futbolchining agenti bilan uchrashuv o‘tkazadi va transfer qiymati haqida gaplashishadi.

Ma'lumot uchun, Bonuchchi yakunlangan mavsumda "Yuventus" safida 47 marta maydonga tushdi va 3 golga mualliflik qildi.

Top