16:34 / 08.06.2015
2257

Rossiya Belarusning eng yaqin hamkori va ittifoqchisi bo‘lib qolmoqda

Rasmiy Minsk Rossiya bilan hamkorlik borasidagi tashqi siyosiy vektorni o‘zgartirmaydi, deb xabar beradi TASS agentligi.

Buni Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muloqot chog‘ida ta'kidlab o‘tdi.

“OAVda aytilishicha, kimdir go‘yoki tashqi siyosat vektorini o‘zgartirmoqchi. Ammo bu to‘g‘ri emas. Biz Rossiyaga eng yaqin hamkorimiz va ittifoqchimiz sifatida qaraymiz, va bu o‘zgarmaydi”, – dedi Makey.

Top