18:31 / 08.06.2015
3163

Surxondaryo viloyatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 142-sonli 2015 yil 29 maydagi qarori bilan 2015-2017 yillarda Surxondaryo viloyatining ishlab chiqarish salohiyatini oshirish dasturi qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz resursi ma'lum qilmoqda.
Aytilishicha, hujjatda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning asosiy maqsadli parametrlari, yangi korxonalar tashkil etish, eskilarini modernizatsiya qilish va qayta jihozlashga qaratilgan dastur va loyihalarning amalga oshirilishi aks etgan.
Surxondaryo viloyati ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar deb belgilab berilgan:
- resurs salohiyatini kompleksli va samarador qo‘llash;
- xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish;
- yangi zamonaviy oziq-ovqat sanoati ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarini tashkil qilish;
- yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni ishga tushirish.
Hujjat, shuningdek, dastur ijrosi uchun javobgar koordinatsion guruh tarkibini va vazifalarini belgilab berdi.

Top