16:08 / 08.06.2015
1989

Toshkentda boks bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi

Toshkent yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qilyapti. Bir hafta mobaynida “O‘zbekiston” sport majmuasi boks ishqibozlari bilan gavjum bo‘ladi. 14 iyunga qadar o‘smirlar o‘rtasidagi qit'a birinchiligi aynan Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Toshkentga Osiyo chempionati mezbonligini berish bo‘yicha qaror Olma-ota shahrida o‘tkazilgan Osiyo boks konfederatsiyasining Bosh Assambleyasida qabul qilingandi. Qit'a chempionatida 1999-2000 yilda tug‘ilgan bokschilar 13ta vazn toifasida bahslarga kirishishdi.

Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalaridan tashqari, Eron, Iordanii, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Mo‘g‘uliston, BAA, Pokiston, Tailand, Fillipin, Yaponiya kabi 20ga yaqin davlatdan jami 116 nafar bokschi ishtirok etyapti.

Top