07:18 / 08.06.2015
2427

Ukraina prezidenti maslahatchisi Donbassda 1,7 ming ukrain harbiysi halok bo‘lganini aytdi

Ukraina prezidenti maslahatchisi Yuriy Biryukov bergan ma'lumotlarga qaraganda, Donbassda 1.7 ming ukrain harbiysi halok bo‘lgan. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida yozuv qoldirgan.

Shu bilan birga, siyosatchining ta'kidlashicha, raqam taxminiy hisob-kitoblarga asoslanadi:
“2015 yil 7 iyun soat 18:36 holatiga ko‘ra harbiy xizmatchilarning tiklab bo‘lmaydigan yo‘qotishlari 1 723 kishini tashkil qilgan, ulardan 1 368 nafari Ukraina qurolli kuchlariga tegishli. Qurbonlar ko‘rsatilganidan biroz ko‘proq bo‘lishi mumkin. Nega? Negaki harbiy xizmatchining yo‘qotilganini davlat darajasida ta'kidlash spetsifikasi o‘lim haqida raport va guvohnomaning yo‘qligida uni vafot etgan deb tan olishga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, ko‘rikdan o‘tkazilgan, yaqinlari tomonidan tanilgan jasad ham bo‘lishi kerak”.

Top