17:53 / 09.06.2015
2588

2014 yilda Moskva turistlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Moskva shahri o‘tgan yili tashrif buyurgan sayyohlar soni bo‘yicha o‘z shaxsiy rekordini yangiladi. Bu haqda shahar hokimi Sergey Sobyanin axborot berdi.

“O‘tgan yili Moskvada turizm yo‘nalishi yaxshi natijalar ko‘rsatdi: poytaxtda rekord darajadagi 16.5 mln turist bo‘ldi”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Turizmda 1 foizlik tushish kuzatilganiga qaramay, boshqa viloyatlardan poytaxtga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni bir qadar ko‘paygan. Oxirgi yillarda, umuman olganda, turistlar miqdori 30 foizga ko‘paygan.

Top